«Barselona» futbolchilari La Liganing 29-turi doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi o'yin oldidan jamoaning sobiq hujumchisi Ronaldinoning 46 yoshga to'lishi munosabati bilan uning nomi tushirilgan futbolkalarni kiyishdi.

Braziliyalik futbolchi 2003–2008 yillar davomida «ko'k-anorranglilar» safida to'p surgan. Ushbu davr mobaynida Ronaldino barcha turnirlarda 207 ta uchrashuvda ishtirok etib, 94 ta gol va 70 ta golli uzatma amalga oshirgan. 2005 yilda hujumchi «Oltin to'p» sohibi bo'lgan. Shuningdek, u «Barselona» bilan ikki marta Ispaniya chempioniga aylangan, ikki bor Superkubokni qo'lga kiritgan hamda Chempionlar ligasida g'alaba qozongan.

28 turdan so'ng «Barselona» 70 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com