"Barselona" futbolchilari Arauxoning vaziyatini muhokama qilish uchun Flik bilan uchrashdi

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo psixologik muammolar tufayli jamoa qarorgohini vaqtincha tark etgandi.
Urugvaylik futbolchining qiyinchiliklari Chempionlar Ligasi doirasida "Chelsi"ga qarshi o'yindan (0:3) keyin boshlandi. O'shanda u birinchi bo'limdayoq qizil kartochka olgandi. Klub futbolchiga ruhiy kuch to'plashi uchun dam berdi. Managing Barca nashri tarqatgan xabarga ko'ra Arauxoning holatidan xabar topgan "Barselona"ning bir qator futbolchilari Xans-Diter Flik bilan uchrashib, jamoadoshiga qiyinchiliklarni tezroq engib o'tishga yordam berish masalasini muhokama qilishgan. Murabbiyning fikricha, maydondagi muvaffaqiyatli natijalar eng yaxshi yordam bo'ladi - bu muvaffaqiyatsizliklarni tezroq unutishga va zo'riqishni kamaytirishga yordam beradi.
"Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng kataloniyaliklar qatorasiga beshta g'alabaga erishdi. Arauxoning qaytish sanasi noma'lumligicha qolmoqda.