«Barselona» Fodenni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Ekrem Konurning xabariga ko'ra, angliyalik futbolchini sotib olishdan «Barselona» manfaatdor. Kataloniya klubi yarim himoyachining «Manchester Siti»dagi noaniq kelajagini uni arzonroq summaga qo'lga kiritish imkoniyati sifatida ko'rmoqda. Shu bilan birga, o'yinchiga «Milan» ham da'vogarlik qilmoqda. Ta'kidlanishicha, 2025 yilda «shaharliklar» Fodenni «An-Nasr»ga 130 million evro evaziga sotishdan bosh tortishgan edi.
Fil Foden «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 50 ta o'yin o'tkazib, ularda o'nta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar