"Barselona" Fermin uchun minimal narx belgiladi

"Barselona" "Chelsi" qiziqish bildirayotgan yarim himoyachisi Fermin Lopesga narx belgiladi.
MD nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli ispaniyalik futbolchisini 70 million evrodan arzonga qo'yib yubormaydi.
"Aristokratlar" avvalroq 50 million evro taklif qilgani ma'lum bo'lgandi.