"Barselona" Fermin Lopesning o'yinidagi yaxshilanishdan hayratda

"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes yaqinda klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
22 yoshli futbolchining shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Ispaniyalik futbolchining maoshi ham oshirildi - shu tariqa klub rahbariyati unga sadoqati va ajoyib o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi, deb yozadi Mundo Deprtivo. Ayniqsa, "Barselona"dagilar Fermin o'yinidagi yaxshilanishdan mamnun: Fermin so'nggi paytlarda jamoaviy o'yinni sezilarli darajada kuchaytirdi.
Fermin Lopes Xans-Diter Flik jamoasi safida joriy mavsum 27 o'yinda 10 ta gol va 11ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.