"Barselona" Chempionlar Ligasidagi so'nggi beshta o'yinning uchtasida mag'lub bo'ldi.

Xans-Diter Flik jamoasi joriy mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida "PSJ"ga (1:2) imkoniyatni boy berib qo'ydi. 1-turda u "Nyukasl"ni mag'lub etgandi (2:1).

O'tgan mavsumning yarim finalida kataloniyaliklar "Inter"ga 3:4 hisobida yutqazib, 3:3 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, chorak finalda dastlab "Borussiya" Dortmundni mag'lub etib (4:0), javob o'yinida 1:3 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, "Barselona" EChLdagi so'nggi beshta o'yinda atigi bitta g'alabaga erishdi.