«Barselona» klubi ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yongga murojaat qildi. Niderlandiyalik futbolchi seshanba kuni o'zining 29 yoshini nishonlamoqda.

«Tug'ilgan kuning bilan, Frenki», — deb yoziladi klub tomonidan e'lon qilingan bayramona surat ostida.

Frenki de Yong 2019 yilning yozida «Ayaks»dan transfer qilinganidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida u 296 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.