Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Catalunya Radio xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" niderlandiyalik futbolchi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi va bu borada FIFA kunlaridan so'ng muzokaralar davom etadi.

28 yoshli de Yongning amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan.

Manba: www.stadion.uz.