"Barselona" darvozaboni: "Ronaldu mening telefonimdagi eng mashhur odam"

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Voytsex Shesni telefon kontaktlari orasidagi eng mashhur insonni aytdi.
"Telefonimdagi eng mashhur odam kim? Ronaldu. Lekin unga qo'ng'iroq qilmayman. Ishoning, uning raqami mening telefonimda bor," - deya polshalik futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, Shesni va Krishtianu Turinning "Yuventus" klubida birga harakat qilishgan edi.