"Barselona" darvozaboni antirekordga sababchi bo'ldi

"Barselona" asosiy darvozabon Joan Garsiya jarohat olganidan so'ng muntazam ravishda gol o'tkazib yubora boshladi.
24 yoshli ispaniyalik ettita o'yinda atigi beshta gol o'tkazib yuborgandi va uchtasida darvozasi daxlsizligini saqlagan.
Voytsex Shesni tarkibda payti "Barselona"ning raqiblari ancha ko'p gol urishmoqda - sakkizta o'yinda 15 ta gol.
Polshalik posbon biror marta darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi.
Chorshanba kuni Xans-Diter Flikning jamoasi Chempionlar Ligasi safar o'yinida Belgiyaning "Bryugge" klubini mag'lub eta olmadi va 3:3 hisobida durang o'ynadi.
"Barselona" endi barcha musobaqalarda ketma-ket to'qqizta o'yinda gol o'tkazib yubordi - bu so'nggi 12 yil ichida klub antirekordidir.