«Barselona» darvozaboni 3 mln evro evaziga «Panatinaikos»ga o'tmoqda — Romano

«Barselona» darvozaboni Inyaki Penya faoliyatini Gretsiyaning «Panatinaikos» klubida davom ettiradi.
Klublar transfer borasida kelishuvga erishdi, kelishuv summasi taxminan 3 mln evroni tashkil etadi. 27 yoshli ispaniyalikning Afina jamoasi bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Penya «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2021 yilda asosiy jamoada debyut qilishidan avval klubning barcha yosh toifalaridan o'tgan. U 2025/2026 yilgi mavsumni «Elche»da ijarada o'tkazdi va La Ligada 16 ta o'yinda maydonga tushdi.
Bungacha darvozabon Turkiyaning «Galatasaroy» klubida ham ijarada bo'lgan (2021/2022 yilgi mavsumning ikkinchi yarmi).
«Panatinaikos» Gretsiyaning o'tgan chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladi va Konferentsiyalar ligasi saralashiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar