"Barselona"ning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen OAV uchun klub ichki ma'lumotlarining asosiy etkazib beruvchisi bo'lishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rafael Ernandes xabar bermoqda.

Avvalroq, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa kiyinish xonasida "ko'rsichqon"ni aniqlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq uning aniq ismi ko'rsatilmagan.

Ter Shtegen "ko'k-anorranglilar" safida 2014 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda 33 yoshli germaniyalik futbolchi Ispaniya Kubogida bitta o'yin o'tkazdi.

21 dekabr kuni "Barselona" safarda "Vilyarreal" mehmoni bo'ladi.