Ispaniya La Ligasining 36-turida «Barselona» mehmonda «Alaves»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu uchrashuvga kataloniyaliklar muddatidan oldin chempion sifatida etib kelishgan edi, bundan esa ligada qolish uchun kurashayotgan mezbonlar unumli foydalanib ketishdi.

Barca Universal nashrining qayd etishicha, «ko'k-anorranglilar» to'rtinchi bor qatorasiga chempionlikni qo'lga kiritganidan keyingi ilk o'yinda mag'lubiyatga uchramoqda. Bu g'alati seriya 2019 yilda «Selta»dan qabul qilingan mag'lubiyat bilan boshlangan edi. Keyinchalik 2023 yilda «Real Sosedad», 2025 yilda esa «Vilyarreal» jamoalari yangi chempionni mag'lub etishgan.

Shunday qilib, Xans-Diter Flik shogirdlari ushbu noxush an'anani 2026 yilda ham davom ettirishdi. Shunga qaramay, «Barselona» turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi «Real Madrid»ni 14 ochkoga ortda qoldirib, yaqqol peshqadamlik qilmoqda.