"Barselona" Chempionlar Ligasida "Real Madrid"ni mag'lub etdi

"Barselona" ayollar jamoasi Chempionlar Ligasida "Real Madrid"ni mag'lub etdi.
Jamoalarning turnirning chorak final o'yinidagi birinchi uchrashuvi Alfredo Di Stefano stadionida bo'lib o'tdi va "Barselona"ning 6:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Marca nashrining xabar berishicha, o'yinga 4203 muxlis tashrif buyurgan.
"El-klasiko"ning ikkinchi o'yini 2 aprel kuni bo'lib o'tadi.