"Barselona" "Chelsi" taklifiga darhol javob qaytardi

So'nggi kunlarda matbuotda "Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirayotgani haqida ko'p yozildi. Fabritsio Romanoga ko'ra, shanba kungi "Fulxem"ga qarshi o'yindan so'ng "aristokratlar" Lopes uchun 40 million evrolik rasmiy taklif bilan chiqqan.
Jurnalist Viktor Navarroning yozishicha, "Barselona" "Chelsi"ning Lopes bo'yicha taklifini qabul qilmaydi.
Avvalroq, "Barselona" Fermin Lopesni olib qolish istagida 22 yoshli xavbekka 90 million evrolik qimmat narx belgilagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mundo Deportivo nashri esa, o'z navbatida, Lopes "Barselona"da qolishni istayotgani, biroq ikkilanayotgani haqida yozmoqda.