"Barselona" "Chelsi"ga qarshi so'nggi 10 ta o'yinda faqat 1 marta g'alaba qozongan

"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida safarda "Chelsi"ga yutqazdi (0:3).
Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 10 o'yinda "Barselona" faqat bir marta g'alaba qozongan (2017/18 yilgi EChL 1/8 finalida 3:0), uchta uchrashuv londonliklar foydasiga hal bo'lgan, qolgan oltitasida durang qayd etilgan.
Kechagi g'alaba "Chelsi" uchun "blaugrana" bilan to'qnashuvlar tarixidagi eng yirik g'alaba bo'ldi.