"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" futbolchining transferi uchun 30-40 mln evro taklif qilishga tayyor.

Mark Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2022 yilda "Brayton"dan "Chelsi"ga 65 mln evro evaziga o'tgan edi.