"Barselona" chap qanot himoyasi uchun ustuvor nomzodni tanladi

"Bayer" futbolchisi Alexandro Grimaldo katta ehtimol bilan "Barselona"ga o'tadi. Kataloniyaliklar uni chap qanot himoyachisi pozitsiyasida kuchaytirishning ustuvor varianti sifatida belgiladi.
Qayd etilishicha, "Barselona"ning short-listida boshqa variantlar ham bor. Lekin birinchi navbatda aynan Grimaldo.
Hozirda "ko'k-anorranglilar" murabbiylar shtabi chap qanot himoyachisi pozitsiyasini jamoaning eng kuchsizlaridan biri sifatida e'tirof etmoqda. Shuningdek, "Barselona" yangi forvard sotib olmoqchi.