"Barselona" bugun yaqqol favorit maqomida

Bugun, 25 sentyabr tunda futbol bo'yicha Ispaniya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Real Ovedo" hamda "Barselona" jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.
Tahlilchilarga ko'ra, bo'lajak o'yinda yaqqol favorit "Barselona" bo'lib, mehmonlarning g'alabasi 78,7 foizga baholanmoqda. "Real Ovedo" raqibni faqat 7,7 foiz ehtimol bilan mag'lub etadi, o'yinda 13,6 foiz ehtimol bilan durang qayd etilishi mumkin.
Kataloniyaliklar hozirda 13 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda. Peshqadam "Real"da 18 ochko bor.