«Barselona» «Bryugge» bilan forvard transferi bo'yicha kelishuvni yakunladi

«Barselona» 18 yoshli vinger Yesse Bisivu transferini yakunladi. Kataloniya klubi «Bryugge» vingeri uchun 8,5 million evro to'laydi. Shuningdek, Belgiya klubi yosh futbolchining keyingi sotuvidan 20 foiz ulush oladi. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Bisivu «Bryugge»ning asosiy jamoasi tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmagan, ammo o'tgan mavsumni Belgiya klubining yoshlar jamoasida ancha muvaffaqiyatli o'tkazdi. Hujumchi hisobida barcha turnirlardagi 23 ta o'yinda uchta gol va bitta golli uzatma bor.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi 15 avgust kuni boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar