Transfer oynasi yakunlanganidan so'ng "Barselona" e'tiborini futbolchilari bilan yangi shartnoma imzolashga qaratadi.

Marca xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" himoyachi Erik Garsiya va yarim himoyachi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirish ishlarini boshlab yubordi.

Ikkala futbolchining ham amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga etadi.