"Barselona" bo'lajak sardori bilan yangi shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi

"Barselona" markaziy himoyachisi Erik Garsiya yangi shartnoma imzolashga rozi bo'ldi.
Tomonlar kelishuv shartlari bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi, deyiladi Mundo Deportivo nashrining yangilangan hisobotida. Klubda Garsiyani asosiy o'yinchi deb bilishadi va uni bo'lajak sardor sifatida ko'rishadi. 24 yoshli futbolchi muhokamalarning boshidanoq mehnat shartnomasini uzaytirishdan juda manfaatdor edi - u o'z holatidan mamnun va hech qaerga ketmoqchi emas.
Erik Garsiyaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Katta ehtimol bilan tez orada Kataloniya grandi yarim himoyada ham o'ynay oladigan universal himoyachi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini rasman e'lon qiladi.