Kataloniyaning "Barselona" klubi Peruda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo jurnalistlari.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, "ko'k-anorranglilar" vakillari Janubiy Amerikada sparring tashkil etish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar tomonlar kelisha olsa, "Barselona" bu o'yindan taxminan etti-sakkiz million evro ishlab oladi.

Xans-Diter Flik shogirdlari so'nggi bor Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida "Real" Madridga qarshi bahs olib bordi.

Kataloniya grandi "Santyago Bernabeu"da 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ayni damda "Barselona" 22 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, "qaymoqranglilar" (27) peshqadamlik qilmoqda.