"Barselona" "Benfika" vingerini kuzatuvga oldi

Lissabonning "Benfika" klubi vingeri Andreas Shelderup faoliyatini ispan grandida davom ettirishi mumkin.
Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" 21 yoshli norvegiyalik vingerni chap qanot hujumini kuchaytirishga nomzodlar qatoriga kiritgan.
Hozirda taxminiy bahosi 18 million evro bo'lgan futbolchi sotuvidan portugal grandi 30 million evro atrofida ishlab olmoqchi.
Shelderup joriy mavsumda 35 ta o'yinda 7 ta gol urib, 4 ta assist muallifi bo'ldi.