Kataloniyaning «Barselona» klubi «Bryugge» jamoasining 18 yoshli chap qanot himoyachisi Yessi Pssioni o'z safiga qo'shib olish ustida ish olib bormoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, yosh iqtidor egasi «ko'k-anorranglilar» lageriga o'tishga tayyor va ushbu imkoniyatni mamnuniyat bilan qabul qilgan. Hozirda klublar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.

Qayd etilishicha, Pssionining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.