«Barselona» «Bavariya»dan Xarri Keynni sotib olmoqchi

«Barselona» klubi «Bavariya»dan Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keynni o'z safiga qo'shib olmoqchi va allaqachon o'z qiziqishini bildirish uchun futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda Daily Mail nashri iddao qilmoqda.
32 yoshli hujumchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan. Kataloniya klubi ushbu masalaga inglizlarning JCh-2026 musobaqasidagi ishtiroki yakunlanganidan so'ng qayta tiklanishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Keynning o'zi «Bavariya»dagi hozirgi holatidan mamnun, Germaniya klubi esa uni o'z safida saqlab qolishga harakat qiladi. Futbolchining vakillari ayni damda «Barselona» bilan muzokaralar olib borishmayapti va «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini Jahon chempionatidan keyin muhokama qilishadi.
Shunga qaramay, Robert Levandovskiga munosib o'rinbosar qidirayotgan kataloniyaliklar, agar ushbu bitimni amalga oshirishning kichik bo'lsa-da imkoniyati paydo bo'lsa, bor kuchlarini ishga solishlari xabar qilinmoqda.
Transfermarkt portali Keynning transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar