«Barselona» Bastoniga muqobil topdi: Deku yangi nomzod bilan muzokara o'tkazdi

«Barselona» yana bir markaziy himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Kataloniya grandining e'tibor markaziga «Real Sosedad» sharafini himoya qilayotgan Xon Martin tushdi.
Jurnalist Karlos Monforning xabar berishicha, yaqinda «ko'k-anorranglilar» sport direktori Deku 20 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashib, ehtimoliy hamkorlikni muhokama qilgan. Qayd etilishicha, «Barsa» uchun himoya markazini kuchaytirishda «Inter» (Milan) a'zosi Alessandro Bastoni asosiy maqsad bo'lib qolmoqda, Martin esa italiyalik futbolchiga muqobil sifatida ko'rilmoqda.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, Xon Martinning bozor qiymati 20 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining shartnomasida esa 50 million evro miqdorida tovon puli belgilab qo'yilgan.