"Barselona" Runi Bardjini ikkinchi jamoaga ro'yxatdan o'tkazdi.

Diario Sport xabariga ko'ra, moliyaviy feyr-pleyni ta'minlashdagi qiyinchiliklar fonida kataloniyaliklar 19 yoshli vingerni Kataloniya futbol federatsiyasi orqali "Barselona B" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazgan.

Qayd etilishicha, "Barselona" Bardjini asosiy tarkibda o'ynatishni rejalashtirmoqda - shvetsiyalik istalgan vaqtda qaydnomaga kiritilishi mumkin. Xuddi shu tarzda "Real" Franko Mastantuononi ro'yxatdan o'tkazdi, argentinalik "Kastilya" futbolchisi sifatida qayd etilgan.