Ayollar o'rtasidagi Evropa Chempionlar ligasida kecha ilk tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

O'tgan mavsum finalda "Arsenal"ga yutqazib qo'ygan (0:1) "Barselona" yangi mavsumni "Bavariya"ga qarshi uy o'yini bilan boshladi va 7:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.

Kataloniyaliklar safida Eva Payor (12, 56) va Klaudiya Pina (88, 90+2) dubl qayd etdi. Yana Aleksiya Putelyas (4), Esme Brugts (27) va Salma Papalyuelo (45+1) bittadan gol urdi. Myunxenliklardan yagona javob golini Klara Bul 32-daqiqada kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.