Chempionlar Ligasi 6-turida "Barselona" "Kamp Nou"da "Ayntraxt"ni qabul qiladi.

O'yin uchun taxminiy tarkiblar bilan tanishing.

«Barselona»: Joan Garsiya, Balde, Jerar Martin, Kubarsi, Kunde, Erik Garsiya, Pedri, Ferran Torres, Rafinya Dias, Yamal, Levandovski.

«Ayntraxt»: Tsetterer, Braun, Teate, Kox, Kollinz, Rasmus Kristensen, Daud, Shaibi, Knauff, Gyottse, Baoyya.

"Barselona" safida Gavi, Dani Olmo jarohat sabab o'ynamaydi, Ronald Arauxo diskvalifikatsiya qilingan. Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen qaydnomadan o'rin olishi mumkin.

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi safida Mishi Batshuayi, Timoti Chendler, Jonatan Burkardtning jarohati bor.

"Barselona" hisobida turnirda 7 ochko bor, "Ayntraxt"da esa undan ham kam - 4 ochko.

Manba: www.stadion.uz.