"Barselona" "Ayntraxt"ga jarima to'lattirmoqchi

Kataloniyaning "Barselona" klubi Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda "Ayntraxt" muxlislari klub stadioniga zarar etkazgan deb hisoblamoqda.
RAC1 xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" nemis klubidan 6 100 evro miqdorida kompensatsiya talab qiladi. Bu summa mehmon muxlislar «Spotify Kamp Nou» stadionida etkazgan zararlar uchun so'ralmoqda.
"Ayntraxt" muxlislari:
— "Barcelona" muxlislari bilan ularni ajratib turuvchi to'siqning bir qismini sindirgan,
— o'rindiqlarni vayron qilgan,
— fayerlar (shamchalar) otgan va boshqa tartibsizliklarga yo'l qo'ygan. Klub etkazilgan zararni rasmiy tartibda undirish niyatida.