«Barselona» «Atletiko» yulduzi uchun 100 million tayyorlashi kerak

«Barselona» klubi shu yozda «Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Kataloniyaliklar Robert Levandovskining shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etishi ehtimolini inobatga olib, turli variantlarni ko'rib chiqishni boshlashdi. Alvares — «ko'k-anorranglilar» sport direktori Deku uchun ustuvor nomzod hisoblanadi.
Biroq, «Atletiko» o'z hujumchisi uchun juda yuqori narx belgilagan. Madridliklar Xulian Alvares uchun 100 million evro talab qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, «Barselona»ning short-listidan Dushan Vlaxovich ham joy olgan. Serbiyalik futbolchi «Yuventus»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.