Ertaga, 2 dekabr kuni La Liga 19-turining oldindan o'tkaziladigan "Barselona" - "Atletiko" uchrashuviga hakamlar tayinlandi.

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi xabariga ko'ra, ushbu o'yinni Rikardo de Burgos boshqarib boradi. Unga VAR'da Pablo Gonsales yordam beradi.

Bellashuv 2 dekabrdan 3 dekabrga o'tar kechasi 01:00'da start oladi.