"Barselona" asosiy himoyachisi "Xetafe"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi shanba kuni jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmadi. Futbolchi Ispaniya chempionatining "Xetafe"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi, bu haqda AS nashri o'z sahifalarida ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Kubarsi Chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida zaxiraga olingandi. 18 yoshli himoyachining sog'lig'ida jiddiy muammo yo'q, ammo uni asrashga qaror qilishdi.
La Liga doirasidagi "Barselona" - "Xetafe" uchrashuvi 21 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.