«Barselona» «Arsenal» hujumchisiga bo'lgan qiziqishini qayta tikladi

«Barselona» shu yozda yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ElNacional.cat nashri xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» «Arsenal» forvardi Viktor Dekereshga bo'lgan qiziqishini qayta tiklagan. Avvalroq Kataloniya klubi shvetsiyalik futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq keyinchalik uni sotib olish fikridan qaytgan edi.
Joriy mavsumda Dekeresh «Arsenal» safida barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.