«Barselona» Arbeloa sababli «Fulxem» bilan o'ynashdan bosh tortdi

«Barselona» an'anaviy Joan Gamper kubogiga «Fulxem»ni taklif qilgandi. Biroq ingliz klubiga «Real»dan kelgan Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlangach, kataloniyaliklar taklifni bekor qildi.
O'rniga avgust boshida o'tadigan bahsda Misrning «Al-Ahli» jamoasi ishtirok etadi.
O'tgan yili «Barselona» bu o'rtoqlik turnirida «Komo»ni 5:0 hisobida mag'lub etgandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar