«Barselona» Arauxo bilan qanday yo'l tutishini hal qildi

Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo «Barselona»ni tark etishi mumkin. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. «Barselona» Arauxoni agar futbolchining o'zi xohlasa va yaxshi taklif kelib tushsa, qo'yib yuboradi.
Ispaniya La Ligasining o'tgan mavsumida Ronald 24 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urdi, 3 ta sariq kartochka oldi va ikki marta maydondan chetlatildi. Himoyachining bozor qiymati 20 million evroga baholanmoqda. Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar safida 2020 yilning oktyabridan buyon to'p tepib kelmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar