«Barselona» Alvaresning o'rniga ikki nafari hujumchini topdi

Ispaniyaning «Barselona» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi argentinalik hujumchisi Xulian Alvares bilan shartnoma tuzishning imkoni bo'lmasa, hujum chizig'ini kuchaytirishning muqobil variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, hozirda «ko'k-anorranglilar»da ikkita muqobil nomzod bor. Bular — Dushan Vlaxovich va Darvin Nunes.
26 yoshli serbiyalik forvard «Yuventus»dan ketganidan so'ng hozirda erkin agent maqomida turibdi. 27 yoshli urugvaylik esa o'ziga ishonch bildirilmayotgan «Al-Hilol»ni tark etishni rejalashtirmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar