«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bilan shartnoma imzolash urinishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Xose Alvares yozmoqda.

Kataloniya klubining birinchi taklifi rad etilgan edi. Biroq «ko'k-anorranglilar» o'z takliflarini yaxshilashdi. «Barselona» Alvares uchun 150 million evro to'lashga tayyor. Agar «Atletiko» ushbu taklifni qabul qilsa, kataloniyaliklar o'zlarining transfer rekordini yangilashadi. Bundan oldin Ispaniya grandi Usman Dembeleni Dortmundning «Borussiya»sidan 148 million evroga sotib olgan edi («Transfermarkt» ma'lumotlari).

Avvalroq futbolchi «Atletiko»ni tark etish niyatida ekanligini e'lon qilgan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi aynan «Barselona»ga o'tishni xohlaydi. Ammo madridliklar o'z o'yinchisini boshqa Ispaniya klubiga sotishni rejalashtirishmayapti.

Manba: Stadion.uz