«Barselona» Alvares bo'yicha taklifini 130 mln evrogacha oshirishga tayyor

«Barselona» yozgi transfer oynasida hujumchi Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olish istagidan chekinmayapti. The Touchline jurnalist Santi Ovallega tayanib xabar berishicha, Kataloniya klubi Alvares transferi bo'yicha taklifini 130 million evrogacha oshirishga tayyor.
Biroq, «Atletiko»dagi manbalar klubning Alvares masalasida «Barselona» bilan muzokaralar olib borishni istamayotganini aytmoqda.
Oldinroq «Barselona» Xulian Alvares uchun 100 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. 26 yoshli argentinalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tishni xohlamoqda, ammo «Atletiko» qat'iy pozitsiyada turibdi: Madridliklar forvardni «Kamp Nou»ga qo'yib yubormoqchi emas.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar