"Barselona" allaqachon A Seriya yulduzi transferi ustida ishlamoqda

«Barselona» kelayotgan yozda Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni transferini amalga oshirishga harakat qiladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, italiyalik futbolchi «ko'k-anorranglilar»ning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Kataloniya klubi sport direktori Deku allaqachon ushbu ambitsiyali kelishuv ustida ish boshlab yuborgan.
Avvalroq «neradzurrilar» Bastoni bilan xayrlashishga qiziqish bildirmayotgani, shu sababli «Barselona» uchun «ko'tarolmaydigan» darajadagi yuqori summa talab qilishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Transfermarkt ekspertlari 26 yoshli futbolchining qiymatini 70 million evroga baholamoqda. Markaziy himoyachining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.