"Barselona" Jordi Albaning faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.

"Inter Mayami" himoyachisi va "ko'k-anorranglilar"ning sobiq futbolchisi bugun MLS mavsumi yakunlangach, faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

"O'xshashi bo'lmagan qanot himoyachisi. O'z nomini "Barsa" tarixiga muhrladi.

Rahmat senga, Jordi," - deyiladi Kataloniya klubi xabarida.