"Barselona" ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi.

Bugun Xans-Diter Flik jamoasi La Liganing 8-turida "Sevilya"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Avvalroq, kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "PSJ"ga mag'lub bo'lgandi (1:2).

Bungacha "blaugrana" joriy mavsum 8 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan.

18 oktyabr kuni "Barselona" "Jirona"ni qabul qiladi.