Misrning «Al-Ahli» klubi hujumchisi Hamza Abdelkarim yaqin orada rasman «Barselona» safini to'ldiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Kataloniya grandi 18 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha barcha shartlarni kelishib olgan, shartnomada sotib olish bandi ham bor. Dastlab Abdelkarim «ko'k-anorranglilar» yoshlar jamoasida tajriba to'playdi. Forvard shanba kuni tibbiy ko'rik uchun Barselonaga uchib borishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» uni 3 million evroga sotib olishi mumkin, yana 5 million evro bonuslar sifatida to'lanishi ehtimoli bor.