"Barselona" 17 yoshli iqtidoriga yangi shartnoma taklif qiladi

Kataloniyaning "Barselona" klubi o'zining iqtidorli hujumkor yarim himoyachisi Dro Fernandes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Sport xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku 17 yoshli ispaniyalikning agenti bilan uchrashgan.
Droning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. U 2022 yildan buyon klub tizimida harakat qilmoqda.