"Barselona" dekabr oyining birinchi yarmidan beri o'z darvozasidan to'p olib chiqmayapti.

Xansi Flik jamoasi bugun Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ni tor-mor etdi - 5:0. Klub avvalgi to'rtta o'yinda "Espanol" (2:0), "Vilyarreal" (2:0), "Gvadalaxara" (2:0) va "Osasuna"ni (2:0) mag'lub etgan.

Oxirgi bo'lib "ko'k-anorranglilar" 9 dekabr kuni "Ayntraxt"dan gol o'tkazib yuborgandi.

11 yanvar kuni "Barselona" finalda "Real" yoki "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.