"Barsa" yulduzi Saudiya Arabistoniga o'tmasligini aytdi

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes manfaatli shartnoma uchun Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tmasligini ma'lum qildi.
«Yo'q. Bu har bir insonning o'ziga va muayyan vaziyatga bog'liq. Hozirgi vaqtda «Barselona»da bo'lish — eng yaxshisi. Buni pulga sotib olib bo'lmaydi. Bu mening orzum», — dedi Fermin Podcast de final de mes podkastida.