«Barsa» yulduzi: «Messi uchun zaxirada o'tirishga ham roziman»

Fermin Lopes «Barselona»da Lionel Messini ko'rishni istashini aytdi.
«Agar “Barsa” kimni transfer qilishini men hal qilsam, Leo Messini tanlardim. Agar uning uchun zaxirada o'tirishimga to'g'ri kelsa ham — mayli», — dedi yarim himoyachi.