«Barsa» yarim himoyachisi «Galatasaroy» taklifiga javob qaytardi

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda.
Fanatik xabariga ko'ra, istanbulliklar 22 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha allaqachon Markning o'zi bilan bog'langan, ammo u kamida mavsum yakuniga qadar klubda qolish niyatini bildirgan.
Kasado joriy mavsumda jami 19 ta o'yinda 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida 25 million evroga baholanayotgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.