"Barselona" bu mavsumda beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Xansi Flik jamoasi Ispaniya chempionatining 5-turida "Xetafe"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).

Bungacha "Nyukasl" (2:1), "Valensiya" (6:0), "Levante" (3:2) va "Malorka" (3:0) mag'lub etilgandi. Yagona ochko yo'qotish "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda (1:1) bo'lgandi.

25 sentyabr kuni "Barselona" "Real Ovedo"ga qarshi maydonga tushadi.